Germaniyaning Duysburg shahrida para kanoe bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati yakunlandi.

Musobaqaning so‘nggi kunida erkaklar o‘rtasida VL3 klassida 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda “Tokio-2020” Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, jahon chempionati sovrindori, hamyurtimiz Haytmurod Sherqo‘ziyev 49.185 soniya natija bilan marraga to‘rtinchi bo‘lib yetib keldi va “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq KL2 klassida yana bir hamyurtimiz Azizbek Abdulhabibov ham “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi sohibi bo‘lgan edi.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA