Superog‘ir vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonov Polshada o‘tkazilgan professional boks musobaqasida g‘alaba qozondi.

Ushbu boks oqshomida Lazizbek qozog‘istonlik Nursulton Amanjolov bilan raqobatlashdi. 6 raundga mo‘ljallangan jangning 1- raundida Lazizbek qozog‘istonlik raqibini texnik nokautga uchratdi.

Ushbu natijadan so‘ng L.Mullojonov professional boksdagi g‘alabali seriyasini to‘rttaga yetkazib oldi.

J.Toshxo‘jayev, O‘zA