Kuni kecha Osiyo Olimpiya kengashi Atletlar komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Nomzodlar orasidan erkin kurash bo‘yicha “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlari sovrindori, hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov ham joy oldi.

Mahoratli sportchimizning nomzodi Markaziy Osiyo mintaqasidan ilgari surilgan bo‘lib, mintaqadan 3 nafardan erkak va ayol sportchilar nomzodlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Nomzodlarga ovoz berish jarayoni bir oydan keyin Xitoyda boshlanadigan “Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimidan bir kun keyin boshlanib, uning natijalari musobaqalar yakuni arafasida e’lon qilinadi.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA