Xorvatiyada o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Inoyat Telmanov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

U 66 kilogrammgacha vazn toifasida gruziyalik Giorgi Dularidze  bilan raqobatlashdi va g‘olib bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi bahslarda ilk bronza medali 44 kilogrammgacha vazn toifasidagi dzyudochimiz Laziza Haydarovaga nasib qildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA