Xabar berganimizdek, Ozarbayjon poytaxti Bokuda shaxmat bo‘yicha jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Hal qiluvchi final va 3-o‘rin uchun kechgan murosasiz bahslarning yakuniy uchrashuvlari poyoniga yetdi. Norvegiyalik sobiq jahon chempioni Magnus Karlsen finalda Rameshbabu Praggnanandha bilan dastlab ikkita klassik partiyada durangga erishdi.
Bugun, 24 avgust kuni o‘tkazilgan tay-brekda esa Karlsenning qo‘li baland keldi.
3-o‘rin uchun amerikalik Fabiano Karuana bilan ozarbayjonlik Nijat Abbasovnining bahsi ham tay-brekkacha davom etdi. So‘nggi uchrashuvda Fabiano Karuana g‘oliblikni tantana qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, jahon kubogida 1-o‘rinni egallagan shaxmatchi 110 ming, ikkinchi o‘rin sohibi 80 ming, 3-o‘rinni egallagan shaxmatchi 60 ming hamda 4-o‘rin sohibi 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA