Qirg‘izistonning Cho‘lpon – Ota shahrida tashkil etilgan sambo va jangovar sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon kubogi yakunlandi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumiy hisobda 3 oltin, 8 kumush va 7 bronza, jami 18 medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada Shahzoda Azatova, Sohib Hasanboyev va Islom Nosirov jangovar sambo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Gulina Obloqulova (jangovar sambo), Sardor Olimjonov, Dilshodbek Yo‘ldoshev, Ne’mat Yoqubov, Gulsevar O‘roqova, Egambergan Iskandarov (jangovar sambo), Oybek Soliyev (jangovar sambo), Hosiyat Masharipova o‘z vazn toifalarida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Kubok bahslarining bronza medali Ubaydullo Mo‘minov, Mirzohid To‘xtashev, Mamlakat Sultonova (jangovar sambo), Lutfilla Saydamatov (jangovar sambo), Zafar Ahrorov (jangovar sambo), Farog‘at Nurmamatova hamda Begoyim Hayitovaga nasib qildi.
Shu tariqa sambochilarimiz musobaqada yuqori marralarni zabt etdi.
J. Toshxo‘jayev, O‘zA