Sevimli futbol jamoamiz OKMK kecha Osiyo chempionlar ligasining pley-off o‘yinida Qatarning Al-Arabi jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida ikkinchi bor guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, “Al-Arabi” Qatarning eng kuchli va o‘z ichki chempionatida mavsumni 2-o‘rin bilan yakunlagan va Qatar amiri kubogi musobaqasida g‘olib chiqqan jamoa sanaladi. 71 yillik tarixga ega “Al-Arabi” jamoasi kechagi bahsga juda kuchli tayyorlangan. Ular yaqinda mashhur “Parí Sen-Жерме́н klubidan markaziy himoyachi Abdu Dialloni transfer qilishdi.

Shuningdek, ushbu jamoa tarkibida kecha “Barselona”ning sobiq futbolchisi Rafinya, Suriya terma jamoasining mashhur futbolchisi Umar as-Summa, Tunis terma jamoasi futbolchisi Yussef Msakni, ispaniyalik Simm Kedari kabi mahoratli futbolchilar OKMKga qarshi o‘ynaganini alohida ta’kidlash lozim.

Murabbiy Mirjalol Qosimov shogirdlari kechagi g‘alabadan so‘ng OKMK jamoasi tarixida yangi sahifa yaratmoqda. Kechagi bahslardan so‘ng, guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 24 avgust kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, guruh bahslari uy-safar tizimida o‘tkazilib, Olmaliq shahrida ham kamida uchta xalqaro o‘yinlar tashkil etiladi.

Yana bir muhim jihati hozirda jahon futbol yulduzlari jam bo‘layotgan Saudiya Arabistoni klublari ham OKMK sport majmuasidagi uchrashuvlarda ishtirok etish ehtimoli yuqori. Shuningdek, mashhur Krishtianu Ronalduning ham Olmaliqqa kelish ehtimoli mavjud. Buning uchun sevimli jamoamiz OKMK guruh bahslari hamda nimchorak va chorak final bahslarida zafarli odimlarini davom ettirishi kerak bo‘ladi.

O‘ylaymizki buning uchun OKMK futbolchilarida g‘ayrat va g‘alabaga bo‘lgan ishonch yetarli.

 

OKMK axborot xizmati