Yaponiyaning kiyim-bosh ishlab chiqaradigan yirik “Uniqlo” brendi Rossiyadagi biznesini yopdi, deb yozmoqda “Vedomosti” gazetasi.

– “Uniqlo” Rossiyadagi do‘konlari uchun bino ijaraga olishdan voz kechdi, – deyiladi gazeta tarqatgan xabarda. – Tegishli maydonlar, allaqachon, boshqa sotuvchi kompaniyalar tomonidan egallangan.  

Avval ham ko‘p brendlar RF bozorini tark etgan. Masalan, 2022 yil mart oyida “Inditex” rahbariyati Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan. “Inditex” kompaniyasi “Zara”, “Pull&Bear”, “Massimo Dutti”, “Bershka”, “Stradivarius”, “Oysho”, “Zara Home”, “Uterque” nomi bilan faoliyat yuritadigan savdo do‘konlariga ega edi.