Polshaning Vileszka shahrida og‘ir atletika bo‘yicha faxriylar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston madhiyasi yangradi.
Hamyurtimiz Vyacheslav Buryuxov jahon chempionatida 96 kilogramm vaznda ishtirok etdi. Shiddatli kechgan bahslar natijasida o‘zbekistonlik sportchi sobiq jahon va Yevropa chempionlarini, Olimpiya o‘yinlari sovrindorlarini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkikurash natijasiga ko‘ra, 236 kilogramm toshni buysindirib, ta’qibchilarini 14-18 kilogramm ortda qoldirishga erishdi.
Chempionatda 56 ta davlatning 850 nafarga yaqin sportchisi ishtirok etdi.
Vyacheslav Buryuxovning g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz yuksaldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA