Janubiy Koreyaning Chuncheon shahrida para taekvondo bo‘yicha o‘tkazilayotgan ochiq jahon chempionatining ilk kungi bahslarida matonatli sportchilarimiz munosib natijaga erishdi.

Terma jamoamiz a’zolari 1 kumush, 4 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Murosasiz bellashuvlar natijasiga ko‘ra, Sanjar Muxtorov, Zuhriddin Tohirov, Qudrat Haydarov, Javohir Aliqulov bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Ziyoda Isoqova kumush medalga ega chiqdi.

Bugun – 22 avgust kuni chempionat nizomiga binoan Qudrat Muhammadiyev, Asad Toshtemirov, Asad Anvarov, Guljanoy Naimova o‘z vaznlaridagi dastlabki musobaqalarda ishtirok etadi.

2024 yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarni taqdim etadigan chempionat bahslari 23 avgustga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev. O‘zA