Ochiq muloqotda tadbirkorning soliq idoralari bilan bo‘ladigan barcha nizolari ma’muriy sud vakolatiga o‘tkazilishi aytildi. Shuningdek, tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishidagi har qanday cheklovlar olib tashlanadi.

Soliq bo‘yicha tadbirkorlarga nisbatan da’vo kiritish muddati hozirgi 5 yildan 3 yilga tushiriladi.

Bundan tashqari, soliq yoki kredit qarzini undirish bo‘yicha sud qarori chiqarilganda, penya va foizlar hisoblash to‘xtatiladi.

Hozirgi kunda tadbirkorlar 140 dan ortiq hisobot doirasida 8 mingga yaqin ko‘rsatkichlarni 16 ta davlat idorasiga topshirishga majbur. Oqibatda 500 ming tadbirkor har yili bunday turli hisobotlarni tayyorlashga 300 milliard so‘m sarflamoqda.

Shu bois 2024 yil 1 yanvardan boshlab:

– bir-birini takrorlovchi va eskirgan hisobotlar tugatiladi;

– barcha hisobotlarni yagona elektron tizim orqali taqdim etish yo‘lga qo‘yilib, ularning qog‘oz shakli bekor qilinadi (hozirda 15 foiz hisobotlar qog‘ozda topshiriladi).

O‘zA