Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan nufuzli turnirda o‘zbekistonlik shaxmatchilar sovrinli o‘rinlardan joy egalladi.

Abu-Dabida 40 ta mamlakat shaxmatchilari ishtirok etgan “29th Abu Dhabi International Chess Festival” tadbiri doirasida tashkil etilgan blits-turnirda hamyurtlarimiz Shamsiddin Vohidov va Javohir Sindorov nomi sovrindorlar qatorida e’tirof etildi.

217 nafar ishtirokchi o‘rtasida Blitz guruhida grossmeyster Shamsiddin Vohidov 11 turda 10 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Javohir Sindorov 9 ochkoga ega bo‘ldi hamda musobaqada 3-o‘rindan joy oldi

Mazkur turnirning “Blitz Under 16” guruhida qatnashgan yana bir umidli shaxmatchimiz Islombek Sindorov 255 nafar ishtirokchi orasidagi bahslar natijasiga ko‘ra, 11 turda 10 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu natija Islombekka musobaqani 2-o‘rin bilan yakunlash imkonini berdi.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA