Gruziya ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 3-avgust kuni Rachedagi Shovi qishlogʻiga koʻchki yopirilishi oqibatida Racho dam olish hududida halok boʻlganlar soni 25 kishiga yetgan.
Ofat tufayli koʻpriklar vayron boʻlgan, yoʻllar buzilgan, uylar loy ostida qolgan. 200 dan ziyod kishi vertolyotlar orqali xavfsiz joyga olib oʻtilgan. Voqea joyida 400 dan ziyod qutqaruvchilar va harbiylar ishlamoqda. 7-avgust kuni Gruziyada motam kuni, deb eʼlon qilingan edi.
“Ikki kishining jasadi topildi, bedarak ketgan sakkiz kishi qidirilmoqda”, – deyiladi vazirlik tarqatgan xabarda.
O‘zA