Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligini munosib kutib olish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari hamda filiallari xodimlari o‘rtasida minifutbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada soha xodimlaridan tashkil topgan 12 ta jamoa ishtirok etdi. Qiziqarli o‘tgan musobaqa yakunida Mo‘ynoq tumani jamoasi birinchi o‘rinni egallab, “Mustaqillik kubogi” sohibi bo‘ldi.
Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi “Eng faol jamoa”, Mambetsali Dosimbetov (Mo‘ynoq tumani) “Eng yaxshi himoyachi”, Sohibjon O‘rinboyev (Ellikqal’a tumani), “Eng yaxshi darvozabon”, Daniyar Arapbayev (Beruniy tumani), “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyalari bilan taqdirlandi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri