Ukrainadagi mojaro diplomatik sa’y-harakatlar bilan hal qilinishi kerak, Pokiston jabr ko‘rgan tumanlarda tinch aholiga gumanitar yoram ko‘rsatishni davom ettiradi, deb bayonot berdi seshanba kuni Pokiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Xamid-ul-Zamon Xon.

“Pokiston Ukrainadagi mojaroga diplomatik yo‘l bilan yechim topish zarur, deb hisoblaydi va jabr ko‘rgan hududlarda tinch aholiga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi”, – deya ta’kidladi vazirning birinchi o‘rinbosari Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan konferensiyada.