Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida G2 tasnifidagi “Korea Open” xalqaro musobaqasida mamlakatimiz vakillari 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Tarkibi Namangan viloyati taekvondochilaridan tashkil topgan terma jamoamiz a’zolaridan Gulsanam Alijonova, Gulshanoy Ismoilova, Asadbek Soataliyev, Nursulton Hakimov, Hojiakbar Abdurasulov va Dilmurod Samijonov musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA.