Belarusning 11 ta shahrida o‘n kun mobaynida shiddatli bellashuvlarga boy tarzda kechgan II MDH o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.

Murosasiz bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston sport delegatsiyasi 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza, umumiy hisobda 106 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu, hamyurtlarimizni umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallashiga olib keldi.

Birinchi o‘rindan 149 ta oltin, 89 ta kumush, 50 ta bronza medaliga ega Rossiya, ikkinchi o‘rindan 48 ta oltin, 78 ta kumush, 110 ta kumush medalga ega Belarus vakillari joy olishdi.

3 va 4-o‘rinlar Ozarbayjon va Qozog‘iston terma jamoalariga nasib etdi.

Bundan ikki yil muqaddam Qozonda o‘tkazilgan I MDH o‘yinlaridagi natija bilan taqqoslaganda yurtimiz sport delegatsiyasi Belarus musobaqalarida medallar salmog‘ini 16 taga yaxshilashga muvaffaq bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, Qozon-2021 MDH o‘yinlarida yurtimizning yosh sportchilari 23 ta oltin, 32 ta kumush, 35 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgandi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA