Toshkentda futbol bo‘yicha 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida tashkil etiladigan Mirabror Usmonov xalqaro xotira turnirida O‘zbekiston, Chernogoriya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Musobaqalar 11-15 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi, deyiladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabarida.
Xotira turnirining tantanali ochilish marosimi va ilk uchrashuv 11 avgust kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur o‘yinda mamlakatimizning o‘smirlar terma jamoasi a’zolari Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi bilan kuch sinashadi.
Yurtimiz futbolining ertangi yulduzlarini kashf qilib beradigan ushbu xotira turnirining ikkinchi uchrashuvida hamyurtlarimiz 13 avgust kuni Saudiya Arabistoni bilan ro‘baro‘ keladi.
Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston-Chernogoriya terma jamoalari o‘yini tashkil etiladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA