Belarusning Grodno shahrida bo‘lib o‘tayotgan II MDH sport o‘yinlaridasturidagi og‘ir atletika musobaqasi nihoyasiga yetdi.
Odatga ko‘ra, so‘nggi kun og‘ir vaznli polvonlar supachaga chiqdi. 102 kg vazn toifasida terma jamoamiz sharoafini munosib himoya qilgan yosh atlet – Andijon og‘ir atletika maktabi tarbiyalanuvchisi Qudratbek Salimjonov yakunda Rossiya, Belarus va Kuba vakillaridan keyin 5-o‘rinni egalladi. E’tiborlisi, u dast ko‘tarishda Amerika qit’asidan kelgan tajribali raqibini ortda qoldirishga ham muvaffaq bo‘ldi. Ushbu guruhda sovrinli o‘rinlar Rossiya va mezbon jamoaga nasib etdi.
G‘ayrat XONNAZAROV,
Yoqubjon MELIBOEV (surat, video), O‘zA
Grodno, Belarus