Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Xabar berganimizdek, yunon-rum kurashchilarimiz 1 ta kumush, 2 ta bronza, kurashchi qizlarimiz esa 3 ta bronza medaliga egalik qildi.

Jahon chempionatida ishtirok etgan erkin kurashchilarimizning birontasi sovrinli o‘rinlardan joy ololmadi.

Murosasiz bellashuvlarda o‘z vaznlarida Shahzod Ro‘zioxunov kumush, Aytjan Xalmaxonov, Islombek Karimjonov, Shohista Shonazarova, Nilufar Nurmuhammadova, Sohibjamol Esbosinova bronza medaliga ega chiqib, mamlakatimiz sport shuhratini ulug‘ladi.

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA