Qozog‘iston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi maktab kutubxonachilarini “O‘qituvchi” lavozimiga tenglashtirish imkonini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar tarqatdi «Kazinform» agentligi.
«Ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan kutubxonachilarni “O‘qituvchi” lavozimiga tenglashtirish masalasi o‘rganiladi va ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, shunday lavozimga talab, ularning lavozim vazifasi, ish haqi va boshqa masalalar ham chuqur tahlil qilinadi», – deyiladi Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Tamara Duysenovaning deputatlar so‘roviga yo‘llaganjavobida.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, agar kutubxonachi o‘qituvchiga tenglashtirilsa ularga nisbatan Qozog‘iston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonunda ko‘zda tutilgan barcha normalar, jumladan, attestatsiya ham qo‘llaniladi.
Tamara Duysenovaning ta’kidlashicha, joriy yilda 2,1 mingdan ziyod maktab kutubxonachilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Kurslarda IT sohasi va raqamli savodxonlik, mualliflik huquqlari, zamonaviy kutubxonachi bilishi majburiy bo‘lgan soft va hard skills, kutubxonalarni ijtimoiy tarmoqlarda taqdim etish va kutubxonada netvorking yo‘nalishlari o‘rgatiladi.