RIA Novostining yozishicha, Amerika senatining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Robert Menendes Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga maktub yo‘llab, Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarga amal qilishga chaqirgan. U shuningdek, respublikada demokratiya “eroziya”ga uchrayotganidan ham xavotir bildirgan.

“Qirg‘iz respublikasi hukumatining xalqaro sanksiyalarni aylanib o‘tib, Rossiya Federatsiyasini qo‘llab-quvvatlayotgani bo‘yicha ayblanayotgani meni chuqur xavotirga soldi”, – deyiladi maktubda.

Menendes Qirg‘iziston hukumatini ushbu ayblovni tezkorlik bilan tekshirib chiqishga va mamlakat hududi orqali Rossiyaga noqonuniy tovarlar tranziti amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yanada ishonchli choralar belgilashga chaqirgan.

Senator maktubida shuningdek, shu vaqtgacha “Markaziy Osiyoda demokratiya mayog‘i” bo‘lib kelgan Qirg‘iziston go‘yo “avtokratiyaning xavfli yo‘liga” qarab ketayotgani ham ta’kidlagan.