Ayni kunlarda Belarus Respublikasining 11 ta shahrida o‘tkazilayotgan II- MDH o‘yinlari jarayonida Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri o‘rinbosari Mariana Vasileva III-MDH o‘yinlari Ozarbayjonning Ganja shahrida o‘tkazilishini e’lon qildi.

Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Unda keltirilishicha, MDH davlatlarining uchinchi o‘yinlari Ganja shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu shahar Ozarbayjonning Bokudan keyingi ikkinchi yirik aholi maskani hisoblanadi. Shaharda MDH o‘yinlarini o‘tkazish uchun yangi zamonaviy majmua bunyod etilmoqda.

Ozarbayjon sport mutasaddisining so‘zlariga ko‘ra, musobaqalarni hududlarda o‘tkazish formati muhokama qilinadi. O‘yinlar tizimidan olimpiya sport turlari qatori an’anaviy noolimpiya sport turlari ham joy oladi.

Eslatib o‘tamiz, III-MDH o‘yinlari 2025 yili tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA