CNN telekanali AQSH armiyasi xaridlari bo‘limi rahbari Dag Bushga tayanib xabar berishicha, Vashington Kiyev uchun Abrams tanklarining birinchi partiyasini jo‘natishga rozi bo‘lgan.
“Endi ular Yevropaga yetkaziladi, so‘ngra o‘q-dorilari, ehtiyot qismlari, yoqilg‘i quyish va remont jihozlari bilan birga Ukrainaga jo‘natiladi”, – deyiladi xabarda.
Iyul oyi oxirida Politico nashri AQSH Ukrainaga jo‘natmoqchi bo‘lgan tanklarning birinchi partiyasiga sakkizta jangovar mashina kiradi, deb yozgan edi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Vashington Ukrainaga eskirgan M1A1 modelidagi jami 31 ta tank jo‘natadi.