Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan MDH o‘yinlarining kechagi bahslarida og‘ir atletikachilardan tashqari dzyudo, yengil atletika bo‘yicha sportchilarimiz 2 tadan oltin va kumush hamda 7 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Jumladan, musobaqaning oltin medali dzyudochilarimiz Azamat Ablaqulov (-73 kg) va Hakimjon Mahkamov (-90 kg) tomonidan qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, kumush medallarga dzyudochi qizlarimiz – Nigina Saparbayeva (-63 kg) hamda Mohinur Allaberganova (-57 kg) ega chiqdi.

 

Shuningdek, dzyudo bo‘yicha Behruzbek Rustamboyev, Abror Nurmanov, Elnur Xolmo‘minov, Aselxan Aralbayeva, Zarina Bobonazarova, yengil atletikaning 300 metrga yugurish bahsida Darya Jilina hamda yadro uloqtirishda Dostonbek Abdumutalov delegatsimizga bronza medalini keltirdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri