“Al Jazeera” axborot portali xabariga ko‘ra, Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xonni korrupsiya jinoyatlarida ayblab, uch yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
U bosh vazir sifatida xorijiy tashriflar chog‘ida qabul qilgan sovg‘alarni sotishda aybdor deb topilgani bois, 100 ming rupiy jarimaga ham tortildi.
“Dawn” portali Imron Xon sud hukmidan ko‘p o‘tmay, Lahorda hibsga olingani va shahar markaziy qamoqxonasiga olib ketilganini ma’lum qildi.
Sudda ishtirok etmagan sobiq bosh vazirga nisbatan bir qancha jinoiy ish ochilgan edi. Xususan, u xorijlik yetakchilardan sovg‘alar olib, jami 630 ming dollarga yaqin daromad qilgan, degan gumonlar ham yo‘q emas.
Esingizda bor, Xon 2018 yildan buyon bosh vazir lavozimini egallab, 2022 yil aprelda ishonchsizlik “votumi” ortidan vakolatidan chetlatilgan. Joriy yil may oyida uning hibsga olinishi norozilik to‘lqinini keltirib chiqargani tufayli Pokiston Oliy sudi sobiq bosh vazirni ozodlikka chiqarishni buyurgandi.
O‘zA