Chendu Universiadasida taekvondo WT bo‘yicha o‘tayotgan musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy bahslar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston erkaklar hamda ayollar terma jamoalari ham ishtirok etdi.

Ayollar terma jamoamiz bellashuvlarning dastlabki davrasida AQSH termasini, chorak finalda Xitoy Taypeyini, yarim finalda esa Janubiy Koreya jamoasini yangib finalga yo‘l oldi. Oltin medal uchun o‘tgan bellashuvda qizlarimiz Xitoy terma jamoasi bilan raqobatlashdi. Afsuski, ushbu bellashuvda taekvondochilarimizga biroz omad yetishmadi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, erkaklar terma jamoamiz ilk bosqichda Janubiy Koreya termasi vakillariga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA