Chenduda o‘tayotgan Universiada o‘yinlarida hamyurtimiz Sergey Fomin chorak finalda ham g‘alaba qozonib yarim finalga yo‘l oldi.
XXXI Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sergey Fomin yakkalik bahslarining chorak final bosqichida amerikalik Liam Krallga qarshi kortga tushib, 6:1, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Eslatib o‘tamiz, Sergey Fomin juftlik bahslarida yana bir sportchimiz Maksim Shin bilan ishtirok etib, mag‘lub bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA muxbiri