Janubiy Koreyada taekvondo WT bo‘yicha xalqaro “Kimunyong Cup” turniri o‘tkazilmoqda.
“G1” tasnifida tashkil etilayotgan ushbu musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Charos Qayumova (-53 kg) ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, Charos o‘z vaznidagi barcha raqiblarini yengib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Mazkur vaznda birinchi raqamli sportchi sifatida tasniflangan sportchimiz qayd etgan natijasi orqali 10 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi.
Ushbu turnir 6 avgustga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA