Hindistonda og‘ir atletika bo‘yicha o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kunida ham vakillarimiz shohsupaga ko‘tarildi.
-81kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Nigora Suvonova dast ko‘tarishda 90 kg, siltab ko‘tarishda 116 kg va ikkikurash natijasiga ko‘ra 206 kg natija bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.
Osiyo chempionatining 102 kilogrammgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Mirjahon Yusupov dast ko‘tarish mashqida 143 kilogrammlik toshni o‘ziga bo‘ysindirib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Afsuski, siltab ko‘tarishda sportchimizga biroz omad yetishmadi. Shu tariqa ikkikurash natijasiga ko‘ra sportchimiz 317 kg natija bilan 4-pog‘onadan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, chempionat 5 avgust kuniga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA