BAAning Abu-Dabi shahrida aralash jang san’ati bo‘yicha o‘smir va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi.
Musobaqaning ilk kunida 12-13 yosh toifasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu toifada Hurshidbek Koirov (Buxoro) 40 kilogramm vaznlilar orasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medal sohibiga aylangan bo‘lsa, 34 kilogramm vazn toifasida Muhammadsafo Xo‘jamiyorov (Andijon) kumush, 37 kilogrammda Muhammadaziz Shukurjonov (Andijon) bronza, 62 kilogrammda esa Sardorbek Valiyev (Jizzax) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 46 ta davlatdan 638 ta sportchi ishtirok etayotgan ushbu jahon chempionatining dastlabki kunidan so‘ng, 4 ta medal bilan 6-pog‘onani band etib turibdi. Bugun, 14-15 yoshdagi qatnashchilar o‘rtasida janglar o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA