Bugun, 3 avgust kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Rossiyaning Ufa shahrida eshitishda nuqsoni borlar o‘rtasida o‘tkazilgan yozgi spartakiadada yurtimiz sport shuhratini ulug‘lagan O‘zbekiston sport delegatsiyasi tantanali kutib olindi.

31 ta mamlakatning irodali va matonatli sportchilari qatnashgan mazkur spartakiadada hamyurtlarimiz 11 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 1 ta oltin, 1 ta kumush va 9 ta bronza medali.

Kutib olish marosimida Yoshlar siyosati va sport vazirligi, daxldor tashkilotlar mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Matonatli sportchilarimiz erishgan natijalar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida olib borilayotgan ishlarning yorqin ifodasi bo‘lganini ta’kidlashdi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA