Xitoyning Chendu shahrida davom etayotgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining 2 avgust kungi musobaqalari yurtimiz talaba-sportchilari uchun qizg‘in bellashuvlarga boyligi bilan ajralib turdi.

Shiddatli bahslar sarhisobiga ko‘ra, taekvondochilarimiz Feruza Sodiqova kumush, Najmiddin Qosimxojiyev va ushu musobaqalarida qatnashgan Azizbek Isroilov bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Tennischimiz Sergey Fomin 3-tur o‘yinlarida yaponiyalik Ryotaro Taguchini mag‘lub etib keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Yurtimiz sportchilarining ushbu yutuqlari hisobiga O‘zbekiston sport delegatsiyasining umumiy medallari soni 10 taga yetdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA