Hafta davomida sport olamidagi eng muhim voqelik va yangiliklardan xabardor bo‘ling .

Siz O‘zbekiston Milliy axborot agentligining barcha ijtimoiy tarmoqlarida turli xil mavzularda maqolalar o‘qish, reportajlar kuzatish va videotahlillar tomosha qilish imkoniyatiga ega edingiz.

Endilikda ushbu materillar qatoriga yana bir rukn, aniqroq aytganda Sport dayjest qo‘shildi. Ushbu dayjest orqali sizni har hafta davomida asosan o‘zbek va jahon sporti olamidagi eng muhim yangilik va voqeliklar bilan qisqa va lo‘nda tanishtiramiz.

O‘tgan hafta davomida futbol bo‘yicha Superliganing ikkinchi davrasi boshlandi, “CAFA Futsal Cup-2023” turniri yakunlandi, o‘zbekistonlik FIFA hakamlari OCHLda ishlash uchun tayinlov oldi, shaxmat bo‘yicha Jahon kubogiga start berildi va boshqa bir qator voqeliklar sodir bo‘ldi. Dayjestni to‘liq O‘zAning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

O‘zAning shu kabi videolarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib boring.

Farrux Xudoyorov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA