Hindistonda yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatida Hikmatullo Haydarov o‘smirlar orasida 73 kilogrammgacha vaznning dast ko‘tarish bahsida 127 kg, siltab ko‘tarishda 160 kg va ikkikurashda 287 kg natija bilan 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda Isroil Ismoilov uchta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yoshlar o‘rtasida esa Abdulaziz Alimjonov dast ko‘tarishda 133, siltab ko‘tarishda 160 kg, ikkikurash bo‘yicha 293 kg natija bilan har bir yo‘nalishda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa davom etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri