Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) iyul oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bokschilarimizning hammasi o‘tgan oy reytingdagi o‘rinlarini saqlab qoldi.

Jumladan, Hasanboy Do‘smatov (minimal vazn) va Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn), Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) ikkinchi o‘rindan joy oldi. Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn), Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) esa birinchi pog‘onani egalladi.

Shuningdek, jadvalda Botir Ahmedov (super yengil vazn) to‘rtinchi, Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) esa oltinchi bo‘ldi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri