Shaxmat sport turi sifatida 2028 yil Amerika Qo‘shma Shtatlari Los-Anjeles shahrida o‘tadigan yozgi Olimpiada madaniy dasturidan o‘rin egallaydi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Arkadiy Dvorkovich ma’lum qildi.

“Ayol shaxmatchilarni istalgan formatda Olimpiya o‘yinlari g‘olibi sifatida ko‘rish men uchun orzu”, degan Dvorkovich Ozarbayjonda boshlangan jahon kubogi ochilish marosimida.

FIDE mutasaddilari 2024 yil Parij Olimpiadasida norasmiy musobaqa o‘tkazishni maqsad qilishgan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA