Polshada velosport bo‘yicha o‘tayotgan “PRINCESS ANNA VASA TOUR” xalqaro musobaqasining 3-bosqich yakkalik poygasida 14 km masofadagi bahslarda sportchimiz Olga Zabelinskaya muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Olga belgilangan masofani 0:18:26 natija bilan bosib o‘tdi. Bu esa sportchimizga kumush medalni hamda uch bosqich natijalariga ko‘ra, bronza medalini keltirdi.

Mahoratli velopoygachimiz shu tariqa “Parij-2024” Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi navbatdagi 30 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri