Tojikiston poytaxti Dushanbeda futzal bo‘yicha ilk bor o‘tkazilgan “CAFA Futsal Cup-2023” turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Kecha mamlakatimiz futzalchilari Qirg‘iziston futzalchilariga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Shiddatli kechgan bahsda hamyurtlarimiz qirg‘izistonliklar darvozasiga javobsiz to‘rtta gol yo‘llagan holda, 3-o‘rinni zabt etdi.

Turnirda 12 ochko jamg‘argan Eron 1-o‘rinni egalladi, 10 ochkoga ega  Afg‘oniston terma jamoasi 2-o‘rindan joy oldi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA