Qozog‘istonning Astana shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi musobaqa o‘z yakuniga yetdi.

Mukofot jamg‘armasi 40 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

U finalda qozog‘istonlik tajribali Denis Yevseyevga qarshi kortga chiqdi. Afsuski, uch set davom etgan mazkur bahsda Humoyun 5/7, 6/2, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ushbu natija Humoyun Sultonovga  30 reyting ochkosi va 3260 AQSH dollar mukofot pulini taqdim etdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA