Ayni paytda dzyudo, ushu, tennis kabi bir qator sport turlarida XXXI yozgi Butunjahon Universiada o‘yinlarining ilk sovrindorlari aniqlanmoqda.

Xususan, Universiada musobaqalarining dzyudo bahslarida dastlabki medalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Quvonchlisi, ular orasida O‘zbekiston sportchisi ham bor.

Musobaqaning 60 kilogramm vaznida ishtirok etgan hamyurtimiz Kamoliddin Baxtiyorov saralash bellashuvlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, chorak final va yarim finalda Xitoy Taypeyi va Mo‘g‘uliston vakillaridan ustun kelgan holda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Universiada o‘yinlarida 119 ta davlatdan 5100 nafardan ziyod talaba-sportchilar 269 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib bormoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA