Astana shahrida stol tennisi bo‘yicha “WTT Youth Contender Almaty” musobaqasi doirasida yoshlar o‘rtasida “WTT Youth Contender” xalqaro turniri tashkil etildi.
Musobaqaning 11 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida Alixon Kamolov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, yakunda nufuzli turnir shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, umidli stol tennischimiz Asel Yerkebayeva ushbu musobaqaning 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Asel hozirda 13 yoshda va o‘z yosh toifasidan yuqori bo‘lgan musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri