Rossiyaning Ufa shahrida ilk bor eshitish qobiliyati zaif sportchilar o‘rtasida o‘tayotgan “Biz birgamiz, Sport” shiori ostidagi 1-yozgi Surdlimpiada o‘yinlarining ilk kungi musobaqalarida irodali sportchilarimiz o‘z mahoratini namoyish etdi.
Mazkur o‘yinlarda 30 ta mamlakat sportchilari 21 ta sport turi bo‘yicha o‘zaro musobaqalashmoqda. Gandbol bo‘yicha ayollar birinchiligi bellashuvlarida terma jamoamiz a’zolari kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, birinchi o‘rin Rossiya-1 jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Rossiya-2 jamoasiga nasib etdi.
“Biz birgamiz.Sport” shiori ostidagi I-yozgi Surdlimpiada o‘yinlari davom etmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA