Poytaxtimizdagi “Alpomish” sport saroyida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo ochiq kubogida ilk g‘oliblar aniqlandi.

Turnirning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida hamyurtlarimizdan Abdulazizxon Sharofiddinov, Muhammadjon Masharipov, Oybek Rajabov o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar orasida Sarvinoz Abdusamadova, Laziza Haydarova, Sabina Azamatova, Rayhona Mamatova kabi umidli dzyudochilarimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Bugun musobaqaning ikkinchi kunida og‘ir vazn toifasidagi o‘smirlar bellashadi. Dastlurga ko‘ra, bugun erkaklar o‘rtasida -73 kg, -81 kg, -90 kg, +90 kg vazn toifalarida, qizlar o‘rtasida esa -57 kg, -63 kg, -70 kg, +70 kg vaznda g‘olib hamda sovrindorlar aniqlanadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri