Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati hamda 2027 yilgi Osiyo kubogi musobaqalari 2-qo‘shma saralash bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan bir guruhdan joy oldi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Ye” guruhida Eron, Turkmaniston va Gonkong/Butan uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi. Hamyurtlarimiz noyabr oyida o‘tadigan 1-tur o‘yinini safarda Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 2-turda esa Eronni o‘z maydonida qabul qiladi.

Jahon chempionati saralash o‘yinlari nizomiga binoan, guruhdan 1-2-o‘rinlarni egallagan jamoalar 3-saralash bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA