O‘zbekiston milliy jamoasi esa JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 saralashidagi ishtirokini 2-bosqichdan boshlaydi. Qur’aga ko‘ra, Srechko Katanets shogirdlari Eron, Turkmaniston va Hongkong/Butan juftligi g‘olibi bilan E guruhidan joy oldi.

Jamoamiz dastlabki turni 16 noyabr kuni Turkmanistonga qarshi safar o‘yini bilan boshlaydi. Ikkinchi turda esa 21 noyabr kuni Eron O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi.

O‘zbekiston milliy jamoasining E guruhidagi o‘yinlari taqvimi:

16 noyabr. Turkmaniston – O‘zbekiston

21 noyabr. O‘zbekiston – Eron

21 mart, 2024. Hongkong/Butan – O‘zbekiston

26 mart, 2024. O‘zbekiston – Hongkong/Butan

6 iyun, 2024. O‘zbekiston – Turkmaniston

11 iyun, 2024. Eron – O‘zbekiston.

Ma’lumot uchun, har bir guruhdan 1-2-o‘rindagi jamoalar 3-saralash bosqichiga yo‘llanma oladi.