AQSH, agar manfaatiga to‘g‘ri kelsa, “Tolibon” guruhi bilan aloqani ushlab turish niyatida, biroq bu Vashington toliblar hukumatini tan olishini bildirmaydi, dedi davlat departamenti rasmiy vakili o‘rinbosari Vedant Patel.
“Ushbu voqealar siyosatimizda o‘zgarish bo‘lganini anglatmaydi. Toliblar bilan aloqani zarur bo‘lganda va manfaatimizga mos kelganda qo‘llab-quvvatlaymiz, deya aniq aytganmiz. Bu “Tolibon” tan olinishini yoki ular bilan munosabatimiz yaxshilanganini bildirmaydi”, – dedi Patel.
Avvalroq davlat departamenti iyul oyida AQSH delegatsiyasi Qatar poytaxtida “Tolibon” harakati emissari bilan uchrashish niyati borligini ma’lum qilgan edi.
O‘zA