Beruniy tumanida “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan bayram tadbiri hamda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ko‘rik-tanlovda sektor bosqichida g‘olib bo‘lgan nuroniylar o‘zaro bahslashdi. Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘ygan nuroniylarning ishlari munosib baholandi.

Navoiy ovulidan O‘.Nurumbetova birinchi, “Guliston” mahallasidan X.Ibadullayev ikkinchi, “Mustaqillik” mahallasidan Q.Aytbayev hamda “Tinchlik” ovulidan M.Usmanov uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan pul mukofotlari va tuman “Nuroniy” jamg‘armasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri