Vazirlar Mahkamasi “Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlang‘ich qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Ushbu Nizom davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda (xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga berish, xo‘jalik jamiyatlari ustav fondiga kiritish, davlat aktivini tasarruf etish va butligini saqlash bilan bog‘liq boshqa holatlarda hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini sotishda) ularni baholash hamda baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish uchun baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlang‘ich qiymatini aniqlash tartibini belgilab beradi.

Mazkur Nizom qoidalari davlat aktivini baholash, shuningdek baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazishda byudjet buyurtmachisi tomonidan baholovchi tashkilotlarni (xorijiy baholovchi tashkilotlar va ularning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan sho‘’ba korxonalari bundan mustasno) jalb qilish va ular ko‘rsatgan xizmatlarning qiymati belgilangan tartibda aniqlanishini ta’minlash maqsadlari uchun tatbiq etiladi.

O‘zA