O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2023 yil 1 avgustdan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.

Yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab  amal qila boshlaydi.

Ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarga yangi namunadagi aksiz markalarini yopishtirish bilan bir vaqtda alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda (import qilishda) eski namunadagi aksiz markalaridan foydalanishga hamda ular bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini besh oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi.

Yangi namunadagi aksiz markalarini xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” DUKga ishlab chiqaruvchilar mustaqil murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

2024 yil 1 noyabrdan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida sotilishining oldini olish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish choralari ko‘riladi.

 

O‘zA